Bog'lanishmenejer bilan:
+998 78 113 60 14
Yechimlar
Nima uchun BILLZ?
Narxlar
Resurslar
Kompaniya
Imkoniyatlar haqida ma'lumot

Chakana savdo biznesi uchun kerakli barcha vositalar

Tovarlarning hisob-kitobi
01
feature.webp
TOVARLARNI TOIFALARGA BO'LISH
BILLZ dasturida mahsulotlarni istalgan xususiyatlarga ko'ra, jumladan, kategoriya, ostki kategoriya, mavsum, rang, jins, o'lcham, model va boshqalar bo'yicha toifalarga ajratishingiz mumkin, bu hisob-kitoblarni aniq yuritish, qaysi modellar yaxshi sotilayotgani, qaysi mahsulotlardan xalos bo’lish lozimligi yoki mijozlar trafigini oshirish uchun qaysi mahsulotlarga e'tibor qaratish lozimligini aniqlash imkonini beradi.
TOVARLAR KATALOGI
Tovarlarning barcha xususiyatlari va narxlari bo'yicha tezkor va kengaytirilgan qidiruv tizimi sizga va sotuvchilaringizga turli joylardagi vitrinalar, omborlar va savdo nuqtalarida tovarlar mavjudligini tekshirishga yordam beradi. Endi tovar qoldiqlarini qo'ng'iroq qilish orqali tekshirishingiz shart emas, kerakli ma'lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn qabul qilishingiz mumkin.
TOVARLARNI OMMAVIY YUKLASH
Tovarlarni BILLZ tizimiga bir necha daqiqa ichida qo'shishingiz mumkin, bu uchun mahsulotlaringiz haqidagi ma'lumotlar kiritilgan Excel yoki CSV faylni to'ldirishning o'zi kifoya. Tizim avtomatik ravishda faylning toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiradi va har xil narxlardagi dublikatlar va mahsulotlar uchramasligini nazorat qiladi, bu esa hisob-kitobning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
NARXNOMALARNI CHOP ETISH
BILLZ turli dizayndagi narxnomalarni yaratish va chop etish imkonini beradi. Siz narxnomaga mahsulot haqidagi istalgan ma'lumotni qo'shishingiz mumkin: nomi, narxi, toifasi, artikuli, logotip, QR kod yoki boshqa zarur ma'lumot.
TOVARLARNING DO'KONLAR O'RTASIDA HARAKATLANISHI
Transfer imkoniyatlari bilan siz tovarlarni asosiy ombordan do'konga yoki do'konlar o'rtasida ko'chirishingiz mumkin. Endi siz do'kondan do'konga ko'chirilayotgan mahsulotlarni qog'ozga yozishingiz shart emas, barcha harakatlar tizimda saqlanadi. Ma'lumotlarni istalgan vaqtda yuklab olish va chop etish mumkin. Shuningdek, har bir harakatning muvofiqligini tekshirish imkoniyati mavjud, bu esa hisob-kitoblarning aniqligini oshiradi.
INVENTARIZATSIYA
Endi barcha ma'lumotlarni qog'ozga yoki Excel jadvaliga yozish uchun bir necha kun sarflashingiz shart emas. Inventarizatsiyani BILLZ dasturida amalga oshirish uchun bir necha soat kerak bo'ladi. Tovarlarni tekshirish uchun barkodni tezda skanerlab chiqichingiz yoki ularning miqdorini qo'lda kiritishingiz mumkin. Savdoni to'xtatmasdan bir vaqtning o'zida bir yoki bir nechta do'konlarda inventarizatsiya qilishingiz mumkin. Ushbu funksiyalarning barchasi Internetsiz ishlaydi.
TOVARLARNI HISOBDAN CHIQARISH
O'g'irlik, yo'qotish, mahsulot nuqsonlari - bularning barchasini BILLZ dasturi yordamida hisobga olish mumkin. Bunday tovarlar bilan barcha operatsiyalar dastur va hisobotlarda qayd etiladi. Siz mahsulot qachon, kim va nima uchun hisobdan chiqarilganligini kuzatishingiz mumkin, bu do'konda yo'qotishlarga olib keladigan noto'g'ri operatsiyalarni kamaytirishga yordam beradi.
QAYTA HISOBLASH
Tovarlarning tannarxi oshdimi yoki narxni tezda o'zgartirishni talab qiladigan boshqa xarajatlar yuzaga keldimi? Qayta baholash funksiyasi yordamida siz real vaqt rejimida turli joylarda narxlarni o'zgartirishingiz mumkin. BILLZ tovarlarni belgilangan narxda, ustamani hisobga olgan holda yoki kurs bo'yicha qayta baholash funksiyasiga ega. Qayta baholangandan so'ng siz narxnomalarni osongina chop etishingiz va almashtirishingiz mumkin.
YETKAZIB BERUVCHILAR VA BUYURTMALAR
BILLZ yordamida tovarlarni yetkazib beruvchi kesimida saqlashingiz mumkin. Bu sizga yetkazib beruvchilar bo'yicha hisob-kitoblarini kuzatish, buyurtmalarni joylashtirish va ularning to'lov tarixini kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, siz mahsulotlarni sotuvchilarga qaytarishingiz mumkin.
Mijozlarni boshqarish
02
feature2.webp
MIJOZ SAHIFASI
BILLZ mijoz bilan shaxsiylashtirilgan munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi. Siz mijoz haqidagi har qanday ma'lumotlarni, misol uchun, telefon raqami, yaqinlari haqidagi ma'lumotlar, manzili, maxsus eslatmalar, mijoz murojaatlari va boshqa ko'plab ma'lumotlarni qayd etishingiz mumkin.
MIJOZ KO'RSATKICHLARI
Xaridlar miqdori, o'rtacha chek, birinchi va oxirgi tashrif va boshqa ko'plab ko'rsatkichlarni mijoz sahifasi orqali bilib olishingiz mumkin. Endi siz ushbu ma'lumotlarni hisobga olgan holda yangi aksiyalarni yaratishingiz yoki mavjud aksiyalarning yanada samaraliroq va aniq bir mijozga qaratilgan bo'lishini ta'minlashingiz mumkin
MIJOZ TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN XARIDLAR TARIXI
Xaridlar tarixi, qaytarish va almashtirishlar haqidagi barcha ma'lumotlar bir joyda jamlanadi. Siz mijozlar haqidagi ma'lumotlarini tahlil qilish va mijozlarning brendingizga sodiqligini oshirish uchun yaxshiroq qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Mijoz muayyan xarid chegarasiga yetganida yoki shunchaki tug'ilgan kun munosabati bilan sovg'alar/bonuslarni taqdim etish ancha osonlashadi.
SODIQLIK DASTURLARI
BILLZ yordamida siz mijozlarning siklini osongina boshqarishingiz mumkin. Xaridlar, ro'yxatdan o'tish muddati yoki boshqa triggerlarga asoslangan sodiqlik dasturlari do'konda takroriy xaridlarni ko'paytirishga va mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.
MIJOZNING QARZLARINI BOSHQARISH
Agar mijoz pulini uyda unutib qoldirgan bo'lsa yoki to'lash uchun puli yetmas qolsa, siz unga qarz berishingiz mumkin. Bu kabi ma'lumotlarning barchasi BILLZ dasturida qayd etiladi, shunda siz qaysi mijoz qancha qarzdorligini, shuningdek, qarzini qachon qaytarishi kerakligini osongina kuzatishingiz mumkin.
IZOHLAR VA QAYDLAR
Sizning mijozlaringiz istaklarini yozib qoldiradi, lekin ular hech qayerda hisobga olinmaydi? BILLZ dasturida siz istalgan qaydlarni yozib olishingiz va ularni muhim yoki shunchaki ma'lumot uchun qabul qilinganini belgilashingiz mumkin. Bu mijoz va uning ehtiyojlari haqidagi ma'lumotlaringizni boyitadi va ularning muammolarini tezroq hal qilishga yordam beradi.
GURHLAR VA TEGLAR
Mijozlarni guruhlarga ajrating va ularni maxsus teglar bilan belgilang. Teglar yordamida xaridor do'koningiz haqida qayerdan ma'lumot olganini osongina kuzatishingiz mumkin. Guruhlar yordamida siz o'z mijozlaringizni toifalarga ajratishingiz va ularga individual yondashuv va tegishli chegirmalarni qo'llashingiz mumkin.
MIJOZLAR UCHUN TELEGRAM-BOT
Bot yordamida mijozlaringiz ro'yxatdan o'tishi va xaridlari haqida ma'lumot olishi, elektron kartalarini saqlashi, chegirmalarini ko'rishi va xaridlardan so'ng o'z fikr-mulohazalarini qoldirishlari mumkin. Shuningdek, bot orqali do'kondagi maxsus chegirmalar, aksiyalar va maxsus takliflar haqida ma'lumot yuborishingiz mumkin.
Savdo va kassa
03
feature3.webp
SAVDO
Kassirlar va sotuvchilar savdo funksionalini bir necha daqiqada o'rganishi mumkin. Savdo jarayonida mijozni qo'shishingiz, qo'lda yoki avtomatik tarzda chegirma belgilashingiz, naqd va karta orqali to'lovlarni ajratishingiz mumkin.
TO'LOV TURLARI
To'lovni naqd pul, plastik karta, Click, Payme va vaucherlar orqali qabul qilasizmi? Dastur har xil turdagi to'lovlarni qo'llab-quvvatlaydi, ularni xohlaganingizcha qo'shishingiz mumkin. Natijada, siz kassani to'g'ri solishtirishingiz va mijozlaringiz qaysi kanallar orqali to'lov qilayotganini kuzatishingiz mumkin.
CHAXSIY CHEKLAR
BILLZ dasturida cheklarni marketing va reklama vositasi sifatida foydalsnishingiz mumkin. Bayram kunlarida logotipingizni o'zgartirishingiz, do'kon haqida ma'lumot qo'shishingiz va mijozlarni maxsus chegirmalar va aksiyalar haqida xabardor qilishingiz mumkin. Cheklarning yana bir afzalligi shundaki, uning yordamida qaytarishlar va almashtirilarni to'g'ri hisoblashingiz mumkin.
ONLAYN KASSA
Barcha savdolar qayd etiladigan funksional kassa apparatini real vaqtda osonlik bilan tekshirishga yordam beradi. Siz o'zingizni qiziqtirgan har qanday oy, kun va soat uchun to'lov turlari va savdo operatsiyalari soni, almashtirish va qaytarishlar bo'yicha tranzaksiyalarni ko'rishingiz mumkin.
TOVARLARNI ALOHIDA AJRATIB QO'YISH
Siz xaridorlar uchun mahsulotni alohida ajratib qo'yasiz, lekin u haqda doim unutib qo'yasizmi? Siz ushbu funksiya yordamida tovarlarni ma'lum vaqtga chetga olib qo'yishingiz va uni mijozga biriktirishingiz mumkin. Tovar va sana to'g'risidagi ma'lumotlar qayd etilgan chek chop etiladi, siz uni mijozga berishingiz va tovar joylashtirilgan paketga yopishtirib qo'yishingiz mumkin.
Hisobot va tahlillar
04
feature4.webp
DASHBORDLAR
Dashbordlar yordamida do'koningiz haqidagi muhim ma'lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan olishingiz mumkin. Daromad, tranzaksiyalar sonini, yangi va qaytib kelgan mijozlar soni haqidagi, eng yaxshi sotilayotgan mahsulotlar va eng yaxshi sotuvchilar haqidagi ma'lumotlarni kuzatib boring.
SAVDO BO'YICHA HISOBOTLAR
Do'konning asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha batafsil hisobot. Savdo hisoboti sizga kunlar, oylar va soatlar kesimida aks ettirilgan sotuvlar dinamikasi, sof foyda, operatsiyalar, almashtirishlar, qaytarishlar soni va boshqa foydali ma'lumotlarni ko'rsatadi.
MAHSULOT BO'YICHA HISOBOTLAR
Qaysi mahsulotlarni tez-tez sotib olish kerak, qaysilaridan esa xalos bo’lish kerak? Mahsulotlar bo'yicha hisobot mijozlaringizning ehtiyojlarini hisobga olgan holda qaysi mahsulotlar, toifalar, brendlar, o'lchamlar, ranglar yoki fasllar yaxshi sotilayotgani haqida ma'lumotlarni batafsil o'rganishga yordam beradi.
MIJOZLAR BO'YICHA HISOBOTLAR
Qaysi mijozlar chegirmalar vaqtida xarid qilyapti, qaysilari sodiq yoki aksincha, xarid qilishni xohlamayapti? Xaridor bo'yicha hisobot mijozlar va ularning tashriflari haqidagi barcha ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, buning asosida siz do'konda mijozlar tajribasini yaxshilash uchun to'g'ri qarorlar qabul qilishingiz mumkin.
SOTUVCHILAR BO'YICHA HISOBOTLAR
Sotuvchilar va ularning faoliyati bo'yicha hisobotlar xodimlarni to'g'ri rag'batlantirishga va ular uchun bonus dasturlarini ishlab chiqishga yordam beradi.
YETKAZIB BERUVCHILAR BO'YICHA HISOBOTLAR
Buyurtmalar va yetkazib beruvchilar bo'yicha hisobotlar qaysi yetkazib beruvchining mahsulotlari yaxshi sotilayotganini kuzatib borishga yordam beradi, shuningdek, siz qarzdorliklar va to'lovlar haqidagi ma'lumotlarni yetkazib beruvchilar va buyurtmalar kesimida ko'rib borishingiz mumkin
GRAFIK VA JADVAL KO'RINISHIDAGI HISOBOTLAR
Deyarli barcha muhim hisobotlarni grafik va jadval ko'rinishida ko'rib chiqish, shuningdek, keyinchalik foydalanish uchun Excel'ga yuklab olish mumkin.
HISOBOTLARNI SOZLASH IMKONIYATI
BILLZ tizimida hisobotlarni o'zingizga mos ravishda sozlashingiz va kerakli ko'rsatkichlarni aks ettirishingiz mumkin. Misol uchun, o'zingizga mos ravishda hisobot tuzish uchun turli ko'rsatkichlardan iborat grafik va jadvallaringizni yaratishingiz mumkin.
Marketing vositalari
05
feature5.webp
AKSIYALARNI YARATISH UCHUN TAYYOR SHABLONLAR
Maxsus shablonlar yordamida aksiyalarini tezda yarating. BILLZ dasturida har bir aksiya uchun maxsus shablonni topishingiz mumkin - mahsulotga chegirma, mijoz uchun chegirma, vaucher, chekga chegirma va boshqalar. Sizdan faqatgina mahsulotlarni tanlash, boshlanish va tugash sanalarini belgilash va aksiyani boshlash talab etiladi.
AKSIYALARNI ONLAYN BOSHQARISH
Aksiyalarni oldindan rejalashtirish yoki o'tkazilayotgan vaqtda tahrirlash mumkin. Agar siz aksiya boshlashda noto'g'ri mahsulot yoki mijozlarni tanlagan bo'lsangiz, bularning barchasini real vaqt rejimida osongina o'zgartirishingiz yoki shunchaki aksiyani to'xtatishingiz mumkin. Buning uchun siz ko'p operatsiyalarni bajarishingiz shart emas, interfeysdaa bir necha tugmalarni bosishning o'zi kifoya.
KO'P DARAJALI AKSIYALAR
Mavsumiy chegirmalar, mahsulot uchun aksiyalar va maxsus vaucherlar yordamida savdo qilmoqchisiz? Muammo emas, bularning barchasini bir vaqtda amalga oshirishingiz mumkin, bu uchun maxsus darajalarni o'rnatishingiz lozim, ular do'koningizda chegirmalarni belgilash uchun to'g'ri mantiqni yaratishga yordam beradi.
SOVG'A SERTIFIKATLARI
Sovg'a sertifikatlari bilan ko'proq mijozlarni jalb qiling. BILLZ sizga sovg'a sertifikatlarini yaratish va boshqarish imkonini beradi. Ularni ma'lum bir nominal va amal qilish muddati bilan yaratishingiz, mijozga sotishingiz, keyin esa hisobotlarni ko'rib chiqishingiz mumkin. Sertifikatlarni kassaning o'zida bittadan yoki ro'yxatni yuklash orqali ommaviy operatsiyalar yordamida yaratishingiz mumkin.
VAUCHERLAR
Savdo hajmini oshirish uchun vaucherlardan foydalaning. Misol uchun, do'koningizda uzoq vaqtdan beri hech nima xarid qilmagan yoki birinchi marta kelib, katta miqdorda mahsulot xarid qilgan mijozlarga ma'lum miqdorda vaucher berishingiz mumkin. Siz ularning samaradorligini kuzatish uchun vaucherlardan foydalanish sonini kuzatib borishingiz mumkin.
PROMOKODLAR
Qaysi reklama kanali yaxshiroq ishlayotganini bilmoqchimisiz? Promokodlar yordamida siz qaysi reklama kanalidan ko'proq mijozlar kelayotganini, shuningdek, ularning o'rtacha chekini, xaridlar miqdorini va nima sotib olayotganlarini osongina kuzatishingiz mumkin. Ushbu vosita blogerlar bilan ishlash uchun ham mos keladi, chunki qaysi blogerning qaysi reklamasi sizga ko'proq mijoz olib kelganini kuzatishigiz mumkin.
TOVARLAR VA MIJOZLAR UCHUN AKSIYALAR YARATISH
Ortiqcha tovar qodig'idan xalos bo'lish yoki qo'shimcha mijozlar trafigini jalb qilish ancha osonlashadi. Aksiyalar mahsulotlar uchun ham, mijozlar va guruhlar uchun ham yaratilishi mumkin.
Do'konlar tarmog'ini boshqarish
06
feature6.webp
DO'KONLAR TARMOG'INI QO'LLAB-QUVVATLASH
BILLZ yordamida bitta akkaunt yordamida bir nechta do'konlarni boshqarishingiz mumkin. Tovarlar bilan operatsiyalarni hisobga olishingiz, markazlashtirilgan hisobotlarni olishingiz va mijozlar haqidagi ma'lumotlar bazasini bir joyda saqlashingiz mumkin.
ROLLARNI SOZLASH
Do'koningizning ichki siyosatiga qarab rollar va kirish imkoniyatini o'rnating. Brend menejerlar, do'kon boshqaruvchilari, sotuvchilar va kassirlar uchun kirish imkoniyati va rollarni boshqarishingiz va shaxsiylashtirishingiz mumkin.
REJANI BOSHQARISH
Do'konlar, sotuvchilar va boshqa foydalanuvchilar uchun savdo hajmi yoki boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha reja belgilang va ularning bajarilishini nazorat qiling.
Moliyani boshqarish
07
feature7.webp
DAROMADLAR VA HARAJATLAR HISOBI
Moliya modulida siz aniq hisob-kitoblarni yuritishingiz va pul qayerga sarflanganligini bilish uchun do'koningizdagi daromad va xarajatlarning har xil turlarini yaratishingiz mumkin. Misol uchun, ijara, ish haqi, bonuslar, transport, soliqlar va boshqalar uchun xarajatlarni yaratishingiz mumkin.
KASSA XARAJATLARI HISOBI
Kassa xarajatlari shaffof ko'rinishga keladi. Kassirlar kun davomida amalga oshirilayotgan xarajatlarni va inkassatsiyani qayd etishlari va kun oxirida kassani aniq hisoblashlari mumkin. Xarajatlar tarixi yozib olinadi, do'kon boshqaruvchisi yoki egasi tomonidan nazorat qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
PUL MABLAG'LARI HARAKATI HISOBI
Kassa qanday summa bilan yopilayotgani, qaysi kassada qancha pul borligini va markaziy ofisga qancha pul o'tkazilayotganini nazorat qiling. Kassa smenalari yopilishining tarixi tizimda to'liq saqlanadi, shunda siz istalgan kunni solishtirishingiz va kassada pulni yo'qotish yoki noto'g'ri hisoblash bilan bog'liq xatolarni istisno qilishingiz mumkin.
MOLIYAVIY TRANZAKSIYALAR
Daromadlar, xarajatlar, pul oqimlari va naqd pul almashinuvi bo'yicha barcha operatsiyalar "Moliyaviy tranzaksiyalar" moduli yordamida osonlik bilan amalga oshiriladi. Daromad va xarajatlar bo'yicha har qanday tranzaksiyani yarating, ko'rib chiqing va filtrlang.
DAROMADLAR VA ZARARLAR HAQIDA HISOBOT
Qaysi do'kon foyda bilan, qaysinisi esa zarar bilan ishlayotganini bilmoqchimisiz? BILLZ moliyaviy moduli yordamida siz bitta hisobotda qaysi do'kon foyda bilan ishlagani, qaysi do'kon zarar ko'rgani va pul qayerga sarflanganini bilib olishingiz mumkin. Ushbu ma'lumotlar sizga xarajatlarni optimallashtirishga va do'konni yanada rivojlantirish uchun to'g'ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
Internet-do'kon
08
feature8.webp
INTERNET-DO'KON YARATISH
BILLZ yordamida siz atigi 1 oy ichida zamonaviy onlayn-do'kon ishini sozlashingiz mumkin. Jamoamiz sizning dizayningiz va boshqa ehtiyojlaringizni hisobga olgan holda do'konni yaratish va qo'llab-quvvatlashda yordam beradi.
ONLAYN VA OFFLAYN INTEGRATSIYA
Siz bitta interfeysning o'zida onlayn va offayn do'kon ichidagi sotuvlarni kuzatishingiz mumkin. Barcha sotuvlar, mijozlar va aksiyalar sinxronlashtiriladi va bitta interfeysda onlayn-do'kon uchun sozlanadi.
INTERNET DO'KON TOVARLARINI BOSHQARISH
Siz o'zingizning onlayn-do'koningiz uchun alohida ombor yaratishingiz yoki bir nechta kanallar orqali biznes yuritishingiz uchun joriy savdo nuqtalaringizni onlaynga chiqarishingiz mumkin.
TO'LOV INSTRUMENTLARI BILAN INTEGRATSIYA
Internet-do'kon Payme va Click kabi mashhur to'lov tizimlari bilan integratsiya qilingan.
O'rgatish va qo'llab-quvvatlash
09
feature9.webp
BEPUL O'RGATISH
Biz dasturni do'kon ehtiyojlariga moslashtirishga, jihozlarni integratsiya qilishga va xodimlarni o'qitishga yordam beramiz. Shuningdek, bizning jamoamiz jarayonlarni avtomatlashtirishga, shtrix-kodlarni yaratishga va do'kondagi tovarlarni to'g'ri tasniflashga yordam beradi.
SIFATLI QO'LLAB-QUVVATLASH XIZMATI
Bizning jamoamiz mijozlarga eng yaxshi qo'llab-quvvatlash xizmatini taqdim etishga intiladi va shuning uchun biz Telegram, pochta, telefon orqali yoki mijoz uchun qulay bo'lgan boshqa usulda yordam ko'rsatishdan mamnunmiz.
RITEYL JARAYONLARNI O'RGATISH
Chakana savdo sohasining ustasi bo'lishni xohlaysizmi? Biz sizga to'g'ri jarayonlarni yaratish, to'g'ri hisobotlarni olish va o'sish uchun operatsiyalaringizni optimallashtirishda yordam bera olamiz..
Integratsiyalar
10
feature10.webp
TELEGRAM-BOT BILAN INTEGRATSIYA
Sizga Telegram bot kerakmi? Siz hozirda foydalanayotgan Telegram botingizni BILLZ dasturiga integratsiya qilishingiz yoki yangisini yaratishingiz mumkin.
INTERNET-DO'KON BILAN INTEGRATSIYANI QO'LLAB-QUVVATLASH
O'zingizning internet do'koningiz bormi? Sotuvlarni tovarlar va mijozlar bo'yicha markazlashtirilgan tarzda hisobga olish uchun internet-do'konlar bilan integratsiyani qo'llab-quvvatlaydi.
MARKETPLEYSLAR BILAN INTEGRATSIYA
Mahsulotlaringizni marketpleyslar orqali soting. Ommabop platformalar BILLZ bilan integratsiya qilingan bo'lib, u yerda mahsulotlar, qoldiqlar, fotosuratlar va narxlar avtomatik ravishda saqlanadi.
1С BILAN INTEGRATSIYA
BILLZ dasturi ma'lumotlar almashinuvi va ma'lumotlarni saqlash uchun 1C bilan osongina integratsiya qilinadi Mahsulotlar, hisobotlar, savdo, o'tkazmalar, inventarizatsiya va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha ikki tomonlama ma'lumotlar almashinuvini o'rnatishingiz mumkin, bu o'z o'rnida buxgalteriya va moliyaviy hisob uchun sarflanayotgan vaqtni qisqartiradi.
INTEGRATSIYALARNI SOZLASH IMKONIYATI
Agar BILLZ tizimini ilg'or CRM tizimlari yoki ma'lumotlarni boshqarish uchun mo'ljallangan boshqa platformalar bilan integratsiya qilishingiz kerak bo'lsa, buni ochiq API orqali amalga oshirishingiz mumkin. BILLZ tizimida saqlangan har qanday ma'lumotlarni olib, boshqa tizimlarga o'tkazish imkoniyati mavjud.

Sozlaymiz. O'rgatamiz. Tez o'rnatib beramiz.

Bizning menejerlarimiz sizga tovarlarni kiritish, uskunalarni ulash, xodimlarni o'rgatishda yordam beradi, shuningdek, 7 kunlik test foydalanish muddatini taqdim etadi!

Hisob-kitoblaringizni qog`ozda yuritasizmi?

Tovarlaringizni hisoblash, ularni tizimga kiritish, do'koningizdagi jarayonlarni avtomatlashtirish va xodimlaringizni o'rgatishda yordam beramiz.

Boshqa dasturdan foydalanasizmi?

Xizmatimizga ortiqcha yo'qotishlarsiz ulanishda yordam beramiz. Menejerlarimiz ma'lumotlarni ko'chirishda yordam beradi va hisob-kitobni tartibga soladi
2024 BILLZ. Barcha huquqlar himoyalangan.
footer