Toshkent, O’zbekiston — 2025-yil 27-iyun — Markaziy Osiyodagi yetakchi chakana biznesni boshqarish platformasi BILLZ Gruziya va O’zbekistonda faoliyat yurituvchi London ochiq moliyaviy guruhi TBC Bank Group PLC (LSE: TBCG) bilan strategik hamkorlik e’lon qilishdan faxrlanadi. Bitim doirasida TBC BILLZ aksiyalarining nazorat paketini sotib olib, O’zbekistonning jadal o’sib borayotgan KO’B segmentidagi pozitsiyalarini mustahkamladi va mintaqa texnologiya sanoati uchun muhim qadam qo’ydi.
Standart tartibga soluvchi organlar tomonidan tasdiqlanishi kerak bo’lgan ushbu kelishuv O’zbekiston texnologiya sektorining so’nggi o’n yilliklardagi eng yirik qo’shilish va sotib olish bitimlaridan biri bo’ldi. Natijada, BILLZ TBC Uzbekistan raqamli ekotizimining bir qismi bo’lib, butun mamlakat bo’ylab minglab kichik va o’rta korxonalar uchun bank, to’lov va kredit yechimlariga yanada keng imkoniyat yaratadi.
Bitim shartlariga ko’ra, TBC Bank Group BILLZga 12 million dollargacha investitsiya kiritadi, dastlabki 53% paketni 9 million dollarga sotib olib, ikki yil ichida ulushni 60%gacha oshirish imkoniyatiga ega. BILLZning investitsiyadan keyingi baholanishi 20 million dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, BILLZ joriy brendini va boshqaruv jamoasini saqlab qoladi, mahsulot liniyasini va tarqatish kanallarini kengaytirish, hamda mijozlar uchun qiymatni oshirish uchun TBC ekotizimidan foydalanadi.
BILLZning joriy boshqaruv jamoasi va xodimlari kompaniyada ishlashni davom ettiradilar, mahsulot rivojlanishi va operatsion faoliyatni boshqaradilar. Shuningdek, qolgan 40% aksiyalarni sotib olish/sotish opsionlari to’g’risida kelishuvga erishildi, bu bitim yakunlangandan 36 oy o’tgach amalga oshirilishi mumkin.
Strategik hamkorlik BILLZga moliyaviy xizmatlar bilan chuqur integratsiya hisobiga rivojlanishning yangi bosqichiga chiqish imkonini beradi. Bugungi kunda 4000 dan ortiq chakana biznes BILLZdan savdo operatsiyalari, ombor, CRM, elektron tijorat va analitikani boshqarish uchun foydalanadi — oyiga 1,5 million dan ortiq tranzaksiyani qayta ishlaydi.
TBC Uzbekistan raqamli ekotizimi bilan integratsiya BILLZ mijozlariga quyidagi mahsulotlarga foydalanish imkonini beradi:
Bularning barchasi tadbirkorlar va do’kon egalariga biznesni bir tizimda samarali boshqarish, moliyalashtirish va rivojlantirish uchun kuchli, kompleks platformani yaratadi.
«Bu hamkorlik nafaqat BILLZ uchun, balki butun Markaziy Osiyo startap ekotizimi uchun muhim bosqichdir. So’nggi yillarda biz zamonaviy chakana sotuvchilarga rivojlanish va raqamlashtirish vositalarini berishga e’tibor qaratdik. TBC Uzbekistan bilan birlashish bizga masshtablashish, mijozlar uchun qiymatni oshirish va missiyani butun mintaqaga kengaytirish imkoniyatlarini ochadi. Biz, yaratgan g’oya va taklifimizdan faxrlanamiz, hamda kelajakka g’ayrat bilan qaraymiz.»
«2019-yilda O’zbekiston bozoriga chiqganimizdan beri TBC mamlakat moliyaviy va texnologik sektorlarini rivojlantirishda asosiy rol o’ynaydi. Biz strategik investor va raqamli ekotizim yaratuvchisi bo’lib, ilgari mavjud bo’lmagan yechimlar uchun yangi sifat standartini o’rnatdik. Yetakchi BILLZ kompaniyasi bilan hamkorlik O’zbekistonning dinamik startap hamjamiyatini qo’llab-quvvatlashga sodiqligimizni tasdiqlaydi.
Biz ushbu hamkorlik doirasida innovatsion mahsulotlarni rivojlantirishni davom ettiramiz. Rustam va BILLZ jamoasi erishgan yutuqlarini yuqori baholaymiz va ularni TBC oilasiga qabul qilishdan faxrlanamiz. Ishonaman, ushbu kelishuv platformaning rivojlanishini tezlashtiradi va ekotizim ichida mijozlar jalb qilish, sodiqlik va daromadning o’sishiga yordam beradigan qo’shimcha sinergiya yaratadi.»
BILLZ chakana savdoni avtomatlashtirish uchun kompleks yechim taklif etadi — tovarlar, xodimlar va moliyani boshqarishdan tortib CRM, o’qitish, analitika va marketpleyslar hamda tashqi xizmatlar bilan integratsiyagacha. Platforma do’konlarga 40%gacha vaqt tejash va savdoni 30%gacha oshirish imkonini beradi.
BILLZ yordamida chakana bizneslar garovsiz 120 000 dollargacha moliyaviy yordam olishlari mumkin, bu o’sish va kengayishni osonlashtiradi.
Bugungi kunda BILLZ yechimlari O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Gruziya va Ozarbayjondan 4000 dan ortiq do’kon tomonidan qo’llanilmoqda. Mijozlar orasida L’Occitane, Tommy Hilfiger, Levi’s, Button, Garmin, Rieker va boshqa ko’plab brendlar bor.
TBC Bank Group PLC — Angliya va Uelsda ro’yxatga olingan ochiq kompaniya va TBC Bank Georgia hamda TBC Uzbekistan uchun asosiy tuzilmadir. TBC aksiyalari London fond birjasida kotirovka qilinadi va FTSE 250 indeksiga kiradi. Guruhning missiyasi — raqamli moliyaviy yechimlar orqali odamlarning hayotini soddalashtirish.
TBC Uzbekistan ekotizimiga quyidagilar kiradi:
TBC 19,7 million dan ortiq ro’yxatdan o’tgan noyob foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatmoqda va Markaziy Osiyoda raqamli innovatsiyalarda yetakchilik qilishni davom etadi.