Dunyo va mamlakatlardagi vaziyatga moslashib, ko’plab chakana sotuvchilar onlayn savdo va uyga yetkazib berishni o’zlashtira boshladilar. Siz ham zamon talablariga javob beradigan Telegram bot yoki veb-saytingizni ishga tushirgandirsiz.
Onlayn do’kon ochayotgan ko’pchilik chakana sotuvchilar uni rivojlantirish muammosiga duch kelishadi. Buni aniqlab, biz siz uchun bugungi kunda do’koningizni targ’ib qilish bo’yicha maslahatlar bilan maqola tuzishga qaror qildik.
Boshlash uchun barcha mavjud resurslaringizni ko’rib chiqishni va ularni sozlashni tavsiya qilamiz. Bu juda muhim, chunki sizning mijozlaringiz va auditoriyangiz u yerda bo`lishadi.
Joriy resurslar bilan targ’ib qilishning mumkin bo’lgan variantlarini ko’rib chiqing:
Mavjud mijozlar bazasiga SMS yuborish
Hammasi juda oddiy: e`tibor jalb qiluvchi SMS matnini yozing va mavjud ma’lumotlar bazasiga xabarni yuboring. Bu o’zingiz yoki do’koningizga xizmat ko’rsatadigan BILLZ menejeriga murojaat qilib, amalga oshirishingiz mumkin bo’lgan oddiy reklama usuli.
Bu oddiy va ibtidoiy ko’rinadigan usul bo’lishiga qaramay, u juda samarali va amalda bir necha bor sinovdan o’tgan. O’rtacha konversiyalar 1 dan 10% gacha yetishi mumkin.
Telegram kanalingizdan imkon qadar unumli foydalaning
Agar sizning Telegram kanalingiz bo’lsa, u yerda ham e’lon qilishni unutmang. Eng kerakli ma’lumotlarni ko’rsatgan holda qisqa matn tuzing (masalan: yetkazib berish shartlari, ish jadvali, muddatlar va boshqalar). Shuningdek, siz o’z saytingiz yoki botingizdan qanday foydalanish haqida video ko’rsatma tayyorlashingiz mumkin.
Eng muhimi, xabaringizni harakatga chaqirish bilan yakunlang. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatdiki, harakatga aniq chorlovchi xabarlar, konversiyani bir necha baravar yuqoriga olib chiqadi.
Oddiy misol: ” Hoziroq buyurtma bering!”.
Ijtimoiy media akkauntlari orqali reklamalarni tarqatish
Ijtimoiy tarmoqlarda ham reklama qilishni unutmang. Foydalanuvchilar faolligi tahliliga ko`ra, foydalanuvchilarning aksariyati Telegram, Instagram va Facebook tarmoqlarida to’plangan.
Biroq, platformani tanlash butunlay sizning segmentingizga va potensial mijozlaringizning demografiyasiga bog’liq. Masalan, keksa avlod vakillari Facebook’da vaqt o‘tkazishadi, yoshlarning aksariyati Instagram’da to‘plangan.
Bu ham qiyin bo’lmaydi, chunki bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi reklama hamma narsani kerakli tarzda o’rnatishga yordam beradigan juda keng funksiyalarga ega.
Auditoriyaning bir qismini yuqoridagi usullar bilan qamrab olganingizdan so’ng, biz to’xtamaslikni va davom etishni taklif qilamiz.
Bu safar ommaviy axborot vositalari va media kanallarda reklamani yo’lga qo’yish tavsiya etiladi.
To’g’ri kanalni tanlash esa,yana maqsadli auditoriyangizga bog’liq.
Aniqroq qaror qabul qilish uchun butun dunyo bo’ylab kompaniyalar tomonidan keng qo’llaniladigan “Mijoz sayohati xaritasi” tizimiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Xulosa – potensial xaridor va brendingiz o’rtasidagi barcha mumkin bo’lgan aloqa nuqtalarini aniqlash.
Qanchalik ko’p savollarni ko’rib chiqsangiz, kerakli kanalni yaxshiroq aniqlashingiz mumkin.
Masalan: sizning maqsadli auditoriyangiz 25 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan, sport va siyosatga qiziquvchi erkaklardir, demak siz ushbu sohalarga oid sayt va kanallarni izlashingiz kerak. Faqat 2-3 savolga javob berib, to’g’ri yechimga yaqinlashishingiz mumkin.
Mana shunday kanallarning kichik to`plami:
Afisha.uz – keng tarqalgan media-resurs bo‘lib, uning asosiy faoliyati shahar voqealari va tadbirlarini yoritishdan iborat. Shuningdek, o’zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida ko’pincha batafsil hikoya, tavsif va ta`riflar bilan turli kompaniyalarning sharhlarini ommaga taqdim etadilar. Ushbu resurs sizga mos kelishi mumkin.
Zira.uz – Afisha medianing yana bir loyihasi. Loyihaning g’oyasi pazandachilikdir. Siz bu yo`nalish sizning maqsadingizdan uzoq deb o’ylashingiz mumkin, ammo mamlakat aholisining ayollar qismi bu yerda vaqt o’tkazadi. Bundan tashqari, resurs juda yaxshi obro’ga va ishonchli nomga ega. Loyihaning faoliyatini tahlil qiling va bu sizga mos keladimi yoki yo’qligini o’ylab ko’ring.
Kun.uz – axborot kanali boʻlib, u ham “reklama sifatida” kichik postlarni chop etadi.
The mag – bu biznes, odamlar, go’zallik, voqealar kabi mavzularga ega yangiliklar sayti.
Internetda bunday kanallar juda ko’p va ularning har biri o’z maqsadi, auditoriyasi va g’oyasiga ega. Sizga kerak bo’lgan sayt yoki kanalni tanlash uchun havolaga o’ting. Bu yerda siz saytga tashriflar soni bo’yicha batafsil statistik ma’lumotlarni, shuningdek, mahalliy Internet resurslarining to’liq ro’yxatini topasiz.
Endi biz, g’oyasi odamlarni mavjud yetkazib berish xizmatlari haqida xabardor qiluvchi kanallar haqida gaplashamiz . Ular yaqinda va aniq bugungi vaziyat tufayli yaratilgan.
Shuningdek, ularga e’tibor berishingizni tavsiya qilamiz:
Dostavkainfo.uz – barcha yetkazib berish xizmatlarining onlayn ma’lumotnomasi
Uydaqoling.uz – bu karantinda eng qulay yashash uchun zarur bo’lgan 270 dan ortiq xizmatlar bir joyda to’plangan resurs.
Dostavki_Tashkent – Yetkazib berish xizmatlari va ular haqidagi ma’lumotlar to’planadigan Telegram kanal.
Bu soha oxirgi yillarda mamlakatimizda ham keng ommalashdi. Har kuni yangi nomlar, g’oyalar va mavzular paydo bo’ladi. Blogerlar o’z kuzatuvchilariga ta’sir ko’rsatadi, hamda tendensiyalarni o’rnatishi va muayyan mahsulot – xizmatlarni yaxshi targ’ib qilishi mumkin. Ular, shuningdek, sotib olish xatti-harakatlariga bevosita ta’sir qiladi va hatto tovarlar va xizmatlarni sotib olish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
Kuzatuvchilarimizning aksariyati moda sotuvchilari bo’lganligi sababli, biz potensial mijozlaringiz bilan muloqot qila oladigan blogerlarning qisqacha tanlovini tuzdik.
Ayollar va erkaklar kiyimlari do’konlari auditoriyasi bo’lishi mumkin bo’lgan moda bloglari:
Uzbfashion – blogda har kuni moda haqidagi so’nggi yangiliklar e’lon qilinadigan telegram kanal mavjud.
Safb – moda va uslub haqidagi blog. Onlayn bo’lishdan tashqari, Toshkentdagi aksariyat muassasalarda mavjud bo’lgan gazeta ham mavjud.
Diyora Beta – moda blogeri va yarim stavka sotuvchi. Diyora moda va uslub haqida blog yuritadi, shuningdek, onlayn xaridlarini tahlil qilib, o’z tajribasini obunachilari bilan baham ko’radi.
Mama.doda – 50 000 obunachi auditoriyasiga ega yosh onaning blogi. U onalik haqida, turli tadbirlar haqida gapiradi, hamda onalar va bolalar uchun Tovar-xizmatlar haqida sharhlar qiladi.
Familytravel.uz — sayohatlar, voqealar va yangi kashfiyotlar haqidagi oilaviy blog. Auditoriya taxminan 70 ming kishini o`z ichiga oladi. Bolalar va kattalar kiyimlari do’konini reklama qilish uchun juda mos keladi.
Bu bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha bloglarning faqat kichik bir qismi. O’rganing, tahlil qiling va auditoriyangizga nima to’g’ri kelishini aniq topasiz.
Kichik bir maslahat: bugungi kunda foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini o‘rganib, tahlil qilar ekanmiz, biz ham shunday xulosaga keldikki, mavjud sharoit tufayli allplay.uz kabi ko‘ngilochar saytlar auditoriyasi ortib bormoqda. Ularga e’tibor bering, ehtimol sizning potensial xaridorlaringiz vaqtlarini u yerda o’tkazishadi.
Biz ushbu maqolani mijozlar bilan ishlashni davom ettirish va ularni kelajakda xarid qilishga undash bo’yicha tavsiyalar bilan yakunlamoqchimiz. Mavjud va potensial mijozlaringizga onlayn-do’koningiz haqida gapirib berganingizdan so’ng, ular bilan aloqada bo’lib, ularning xaridlari tarixiga asoslangan axborot byulletenlarini yuboring, qiziqarli mahsulotlarni reklama aksiyalarini taklif qiling va ularni do’koningizdagi tadbir-voqealar haqida xabardor qiling.
Siz yana mijozning sayohat xaritasiga qaytishingiz, hamda mijoz bilan muloqotning ketma-ketligi va tabiatini tasvirlashingiz mumkin. Ushbu aloqalarni iloji boricha shaxsiylashtirishga harakat qiling va bu albatta natijalar beradi.
Agar siz o‘z biznesingizni ochmoqchi bo‘lsangiz yoki onlayn sotuvlarni ko‘paytirish orqali uni kengaytirmoqchi bo‘lsangiz, BILLZ jamoasi sizning ehtiyojlaringizga ko‘ra, avtomatik integratsiyalashgan holda onlayn-do‘kon va Telegram-Botni ishlab chiqishda yordam beradi.