Bog'lanishmenejer bilan:
+998 78 113 60 14
Yechimlar
Nima uchun BILLZ?
Narxlar
Resurslar
Kompaniya
8 октября, 2023

Xellouin bayramida daromadni qanday oshirish mumkin? 9 ta marketing g’oyalari

Рустам Хамдамов
Рустам Хамдамов

Agar siz so’nggi chakana savdo tadbirlarining faol izdoshi bo’lsangiz, Xellouin bayrami yaqinlashib kelayotganidan xabardorsiz.

Garchi bu bayram mamlakatimizda unchalik keng nishonlanmasa-da, BILLZ bu mavzuni tashlab ketolmadik va bayramdan foyda olishni hamda e’tiborni jalb qilishni istaganlar uchun Xellouinning 9 ta marketing g‘oyalarini to‘plashga qaror qildik.

Maslahatlar ikkita asosiy toifaga bo’lingan: oflayn marketing va onlayn taktika. Ikkala yo`l ham ish beradi, lekin eng yaxshi natijalarga erishish uchun, ayniqsa, onlayn va oflayn rejimda savdo qilsangiz, ikkalasining kombinatsiyasini sinab ko’ring.

Xellouinga jismoniy do’kon uchun g’oyalar

Keling, do’koningizga Xellouin ruhini qo’shishga harakat qilamiz. Ushbu mavsumda trafik va savdoni qanday oshirishni o’rganish uchun quyidagi maslahatlar va misollarni ko’rib chiqing.

1. Xaridorlarni jalb qilish uchun vitrinalar ustida ishlang

Derazangiz vitrinasi har doim o’tayotgan mijozlarni jalb qilishda katta rol o’ynaydi, shuning uchun siz xaridorlarni jalb qilmoqchi bo’lsangiz, ularning e`tiborini o`ziga qaratadigan narsalar yaratishingiz kerak.

Vitrinani qanday bezash butunlay o`zingizga bog’liq.

Maslahat: Muhim narsalarni ko’z ilg`aydigan joyga joylashtiring. E’tibor qaratilishi kerak bo’lgan mahsulotlaringizni o’ylab ko’ring va ularni ko’rinarli qilib joylashtiring.

Quyidagi misolga qarang va ko’p miqdorda bezak bo’lishiga qaramay, asosiy mahsulotlarga (ya’ni kiyim-kechaklarga) e’tibor jalb qilinayotganiga ahamiyat bering.

Dokon vitrinasi

2. Tokcha borasida ham xuddi shunday ish tuting

Agar siz haqiqatan ham mijozlaringiz Xellouin ruhini his qilishlarini istasangiz, do’koningiz buni aks ettirishi lozim. Klassik Xellouin elementlarini displeylaringizga kiritish orqali yondashuvingizni kengaytiring.

Quyida oziq-ovqat do’konlaridan biri amalga oshirgan  ajoyib namunani ko`rishingiz mumkin.

Dokon xellouinga stilizaciyasi

3. Xellouin attraksionini yarating

Odatiy chegaralardan tashqariga chiqishni xohlaysizmi? Mehmonlaringiz uchun Xellouin mavzusidagi attraksion yarating. Xaridorlarda attraksion ta`siri orqali xarid qilish istagini uyg`oting.  

Misol uchun, NHC Martial Arts & Fitness studiyasi kirish qismiga dahshatli tunnel displeyini o’rnatdi. Bu Xellouin shukuhini yaratishning yangi usuli bo’lib, talabalarni hayratda qoldirdi.

Dokonda Xellouin attraksioni

4…Yoki soddaroq yondashuvni qo`llang

Katta attraksionlar ajoyib ko’rinadi, lekin ular hamma uchun ham to`g`ri kelmaydi. Agar siz do’koningizni odatdagigan keskin o`zgartirishni istamasangiz, kichik va oddiy mavsumiy elementlarni qo’shishingiz mumkin.

Quyidagi misolni ko’rib chiqing. Katta bezaklar o’rniga, ijodkor oddiygina  deraza oldiga ko’rshapalaklar osishga qaror qildi.

Dokonizda xellouinga tayyorgarlik

5. Bolalar va ularning ota-onalarini mehmon qiling

Agar xaridorlar trafigiga ega va reklama aksiyasini o’tkazish mumkin bo’lgan savdo markazida joylashgan bo`lsangiz,markazga tashrif  buyurganlarga kichik sovg`alar ulashing.

Lens Crafters, ko’zoynak sotuvchisi aynan shunday qildi. Lens Crafters bolalar uchun sovg’a sumkachalari va ota-onalar uchun 40% chegirma berishdi. Shuningdek, ular ota-onalarga farzandlarining ko’rish qobiliyatiga g’amxo’rlik qilishlari uchun tashrif qog’ozi va buklet qo’shdilar.

Bu Lens Crafters kompaniyasiga o‘z biznesi daromadini oshirish bilan birga xaridorlarni jalb qilish imkonini bergan aqlli harakat bo`ldi.

Bu mavsumda shunga o’xshash narsani sinab ko`rishga harakat qiling!

Xellouinda Bolalar va ularning ota-onalarini mehmon qiling

Onlayn do’konlar uchun g’oyalar

Jismoniy do’konlaringizning vitrinalarini bezash ishini tugatdingizmi? Ajoyib!

Keling, kelgusi mavsumda onlayn do`konlar uchun qo’llashingiz mumkin bo’lgan ba’zi  taktikalarni muhokama qilaylik.

6. Doʻkoningiz va mahsulotlaringizni internetda topish mumkinligiga ishonch hosil qiling.

Statistikaga ko’ra, iste’molchilarning 35%i Internetda Xellouin uchun biror narsa qidirishadi. Agar siz mavsumiy narsalar sotsangiz – u kostyumlar, zargarlik buyumlari yoki konfetlar bo’ladimi – do’koningizni Internetda topish osonligiga ishonch hosil qiling.

Quyidagilarni ko’rib chiqing:

Mahalliy reklamalarni ishga tushiring

Buning usullaridan biri o’z sohasi bo’yicha mahsulot qidirayotgan foydalanuvchilarga mahsulotingizni reklama qilishdir. Google Local Ads buning uchun ajoyib yechim taklif qiladi.

Ular quyidagicha ishlaydi: Yaqin-atrofdagi xaridor Google orqali mahalliy do‘koningizdagi mahsulotni qidirsa, Google o‘z qidiruv natijalariga o‘sha narsani kiritadi. Siz shunchaki mahsulot katalogingizni Google bilan bog’lashingiz kerak va qidiruv tizimi mahsulotingizni tegishli qidiruv natijalarida ko’rsatadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda

Pinterest, Facebook va Instagramga e’tibor qarating

Iste’molchilar ijtimoiy tarmoqlarda ham ilhom izlaydilar. Xellouin bayrami haqida gap ketganda, eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar Pinterest, Facebook va Instagram – aynan shu tartibda. Agar siz potensial mijozlarni jalb qilmoqchi bo’lsangiz, ushbu saytlar va ilovalarda faol ishtirok etishni unutmang.

Buni yaxshi bajaradigan brend – Starbucks. Kofe kompaniyasi nafaqat ushbu saytlarning barchasida ishlaydi, balki mavsumiy kontentlar ham joylashtiradi. Starbucks-ning Pinterest va Instagramda qovoq mavzusiga doir bir qancha postlari bor:

Ijtimoiy tarmoqlarda xellouinga tayyorlang

7. Foydalanuvchilarni saytga yo’naltirish

Odamlarni saytingizga jalb qilganingizdan so’ng, ular sizning mavsumiy narsalaringizni tekshirib ko’rishlariga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Veb-saytingizda Xellouin uchun maxsus bo’lim yaratish orqali ushbu jarayonni soddalashtiring. Keyin bosh sahifangizga odamlarni mavsumiy takliflaringizni ko`rishga taklif qiluvchi bannerni joylashtiring.

Misol uchun, Bed, bath and beyond onlayn-do’konida Xellouin buyumlariga bag’ishlangan alohida bo’lim mavjud.

Xellouin uchun maxsus bo'lim yarating

8. Foydali tematik kontent yarating

Doimiy “HOZIR SOTIB OLING” xabarlari har doim ham mos kelmasligi mumkin, shuning uchun mavsumga tegishli qimmatli kontent yaratishni tajribada qo`llab ko`ring.

Auditoriyangiz uchun foydali va tegishli narsalarni yarating. Agar siz kiyim-kechak sotsangiz, Xellouin kostyumlari yoki kiyimlari bo’yicha qo’llanma yozishingiz mumkin.

Siz uy-ro’zg’or buyumlarini sotasizmi? Maslahatlaringizni baham ko’ring.

Agar siz oziq-ovqat va ichimliklar sotsangiz, masalan, bizning keyingi misolimiz  Total Wine & More kabi Xellouin retseptlari haqida yozishingiz mumkin.

Foydali tematik kontent yarating

9. Mijozlaringizga xabar yuboring

Oxirgisi, lekin eng muhimi, elektron pochta marketingi. Ushbu mavsumda do’konda va onlayn nima qilsangiz ham, kuzatuvchilaringiz bu haqda bilishlariga ishonch hosil qiling. Ularga takliflaringiz va tegishli kontent bilan harakatga chaqiruvchi xabarlar yuboring.

Xellouin bayrami boshqa tadbirlar kabi katta bayram emas, lekin bu savdoni oshirish uchun yaxshi imkoniyatdir. Umid qilamizki, yuqoridagi maslahatlar sizga ushbu mavsumda qo’llash uchun ba’zi g’oyalarni berdi.

Assortimentni boshqarish
Chakana savdodagi trendlar
Do'konni boshqarish
Moliyaviy menejment
Savdo va marketing
Xodimlarni boshqarish
#Magazin ichida jarayonlar
#Marketing vositalari
Maqolani ulashish:

Shuningdek, o'qing

2024 BILLZ. Barcha huquqlar himoyalangan.
footer