Har qanday kichik biznes egasi o’z biznesini ochganidan so’ng, uning qanday jadallik bilan daromad olishini ko’rishdan juda mamnun bo`ladi. O’zingizning shaxsiy do’koningiz, mahsulotlarning yaxshi assortimenti va tez o’sish bo’lsa, biznesingiz samaradorligini oshirish uchun operatsiyalaringizni optimallashtirish vaqti keldi.
Biz sizning do’koningizdagi biznes jarayonlar samaradorligini oshirishning 7 ta oddiy usulini to’pladik.
O’zgartirishlar kiritishdan oldin, biznes modelingizning zaif tomonlari haqida o’ylab ko’ring. Zaif tomonlaringizni aniqlagandan so’ng, mavjud muammolar paydo bo’lishining sabablarini aniqlash ustida ishlashni boshlang.
Ushbu xatolarni tuzatish jarayonlarni optimallashtirishga yordam beradi va natijada biznesingiz samaradorligini oshiradi.
Misol uchun, agar zaif tomoningiz mijozlarga xizmat ko’rsatish ekanligini bilsangiz, sabablarini aniqlash uchun tadqiqot yoki mijozlar so’rovini o’tkazing.
Agar siz do’konning savdosi yoki rentabelligi bilan bog’liq muammolarni ko’rsangiz, tafsilotlarni tahlil qiling. Ehtimol, muammo noto’g’ri joylashuvdadir yoki siz auditoriya uchun noto’g’ri narxlar yoki mahsulotlarni taklif qilyapsiz.
Jarayonlarni soddalashtirishning eng oddiy usullaridan biri kompaniyadagi har bir kishi uchun asosiy ma’lumotlarga kirishni ta’minlashdir.
Jamoangizga do’kon rejalari, xodimlar rejalari, jadvallarini ko’rish imkonini va ish hujjatlariga kirish huquqini beradigan korporativ elektron pochta yoki telegram guruhlarini yarating.
Kompaniyaning muhim yangiliklari, o’quv materiallari, o’zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot berish uchun ushbu aloqa kanalidan foydalaning. Shunday qilib, siz istalgan vaqtda, istalgan joyda suhbatlar o’tkazishingiz va xodimlarni kompaniya maqsadlariga moslashtirishingiz mumkin.
Savdoni avtomatlashtirishning zamonaviy tizimi bir qator afzalliklarni o’z ichiga oladi, bu sizga va sizning xodimlaringizga vaqtni tejash, to’g’ri qaror qabul qilish va samaradorlikni oshirish uchun do’koningizdagi ishlarning haqiqiy holatini ko’rish imkonini beradi.
Masalan, BILLZ yordamida siz jarayonlarni sezilarli darajada soddalashtirishingiz, ularning samaradorligini oshirishingiz va muntazam jarayonlarga sarflandigan vaqtingizni 40% gacha tejashingiz mumkin.
Bir qator foydali BILLZ xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Mahsulotlar katalogi – sotuvchilar uchun tovarlarni qidirish vaqtini qisqartirishga yordam beradigan barcha mavjud xususiyatlar va tovarlarning narxlarini tezkor va kengaytirilgan qidirish, shuningdek, agar sizda bir nechta do`kon bo’lsa, qayerda va qanday mahsulot joylashganligini ko’rish.
Tizimga tovarlarni ommaviy yuklash – tizim avtomatik ravishda faylning to’g’ri to’ldirilganligini tekshiradi va har xil narxlardagi dublikatlar yoki tovarlar yo’qligini ta’minlaydi, bu esa hisob samaradorligini oshirishga yordam beradi.
O’tkazish – siz tovarlarni asosiy ombordan do’konga yoki do’konlar o’rtasida ko’chirishingiz mumkin. Barcha tranzaksiyalar tizimda qayd etiladi va mahsulot harakatini aniqroq kuzatishga yordam beradi.
Inventarizatsiya – BILLZdagi inventarizatsiya jarayoni bir necha soat vaqtingizni oladi. Shtrix-kod skanerini tezda skanerlash orqali mahsulotlarni tekshirishingiz yoki ularning miqdorini qo’lda kiritishingiz mumkin. Savdoni to’xtatmasdan bir vaqtning o’zida bir yoki bir nechta do’konlarda inventarizatsiya qilish imkoniyati mavjud.
Tahlil– do’koningizda sodir bo’layotgan barcha voqealardan xabardor bo’lishga yordam beradi. Kundalik daromad, o’rtacha chek, sotilgan birliklar soni, qoldiqlar soni, mahsulot samaradorligi – bu va boshqa ko’plab ko’rsatkichlar biznesni rivojlantirishda yanada samarali qarorlar qabul qilishga ko`mak beradi.
Do’koningizdagi mahsulotlarni boshqarish jarayonlaringizni qanday optimallashtirishni o’rganmoqchimisiz? BILLZ MEETUP bilan video taqdimotimizni tomosha qiling:
Sizning biznesingiz gullab-yashnay boshlaganda, e’tiboringizni muhim narsalarga qaratgan ma’qul. Samarali yo’l mutaxassislarni topish va autsorsing bo’lishi mumkin.
Agar xodimlaringiz orasida SMM bo’yicha mutaxassislar bo’lmasa, ularni siz uchun ijodiy reklama kampaniyasini o’ylab topishga, ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritishga va marketing byudjetini to’g’ri taqsimlashga majburlab vaqtlarini behuda sarflamang.
Ko’pgina hollarda, bu vazifani professionallarga topshirish yaxshiroqdir. Aytgancha, ularni topish alohida mavzu va biz bunga alohida maqola bag’ishlaymiz.
Avvaliga bu oddiy ishdek tuyulishi mumkin, ammo uzoq muddat ichida bu sizning do’koningiz sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Albatta, kompaniyalar hamma narsani o’zlari qilsalar, “professionallarga” qaraganda ancha yaxshi va samaraliroq bo`lishi mumkin bo`lgan ko’p istisnolar mavjud.
Shunga qaramay, biz pudratchilar tomonidan yaxshiroq hal qilinadigan vazifalarni autsorsingga topshirishni hamda sizga va sizning xodimlaringizga muhimroq narsalar ustida ishlash uchun vaqt ajratishni tavsiya qilamiz.
Bir necha mavsum ishlagandan so’ng, prognozlaringizni yaxshilash uchun savdolaringizdagi tarixiy ma’lumotlardan foydalaning.
Yaxshilangan prognoz sizning ma’lumotlaringizga ko’ra talab, taklif va pul oqimini boshqarishga yordam beradi.
Qog‘ozbozlik va byurokratiyaga barham berish nafaqat isrofgarchilikni kamaytirib, atrof-muhitga yordam beradi, balki biznes jarayonlarini ham soddalashtiradi.
Ma’lumot almashishda samaradorlikni oshirish uchun ko’chma qurilmalar, elektron pochta xabarlari yoki messenjerlardan foydalaning.
Do’koningizda keraksiz byurokratiyani yaratmaslikka harakat qiling. Biz ko’plab jarayonlari qog’ozga bog`liq bo`lgan do’konlarni ko`rdik. Bu samaradorlikni, ish tezligini va qaror qabul qilishni sezilarli darajada pasaytiradi.
Qog’ozga asoslangan jarayonlarni amalga oshirishdan oldin, bu sizning biznesingizga foyda keltiradimi yoki xodimlaringizning vaqtini behuda sarflaydimi, shu haqida o’ylab ko’ring.
Endi siz barcha jarayonlarni soddalashtirganingizdan so’ng, xodimlaringizga yangi jarayonlar va tizimlarni o’rgatish vaqti keldi. Hech bir jarayon o’z-o’zidan ishlamaydi – sizning jamoangiz ishlar qanday bajarilishi va ulardan nima kutilayotganidan xabardor bo’lishi kerak.
Alohida treninglar o’tkazish va xodimlarga nima uchun u yoki bu jarayonni amalga oshirayotganingizni va ularning ushbu zanjirdagi rolini ko’rsatish lozim.
Xodimlaringizni o’qitish orqali siz ularning o’sishidan manfaatdor ekanligingizni ko’rsatasiz. Bu uzoq davrga samarali va mahsuldor bo’lishingizga yordam beradi.