Yilning eng sehrli vaqti yaqinlashmoqda va biz eng dolzarb savollardan biri – “Nima berish kerak?” ekanligiga aminmiz.
Shularni inobatga olgan holda, biz siz uchun qanday qilib har bir kishi uchun eng zo’r sovg’a yaratish haqida maqola tuzishga qaror qildik.
Eslatmalar, daftarlarni oching, qulayroq oylashib oling va ilhomlaning.
Biz maqolani bir nechta savollarga ajratdik, ularning javoblari sizni hamkasblar, sheriklar, do’stlar va oila a’zolari uchun ideal sovg’aga yaqinlashtiradi.
Agar siz sovg’ani yanada esda qolarli qilishni istasangiz, brend bilan iloji boricha ko’proq aloqa nuqtalarini yaratishga harakat qiling.
Masalan, “biz innovatsiya tarafdorimiz”, “bizning xususiyat – ajoyib xizmat”, “biz doimo yordam berishdan va taklif qilishdan xursandmiz” va boshqalar.
Ko’pincha, xabar sovg’adagi shiorda ko`rsatiladi. Xabarni aks ettirish, shuningdek, sovg’aning o’ziga xos xususiyatlarini ham yetkazishi mumkin.
Bular oluvchilar tomonidan ko’pincha ijtimoiy tarmoqlarda joylashadigan va qandaydir aksiyaning bir qismi va ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish vositasi bo’lgan sovg’alardir.
Ular ‘like’lar va repostlarga e’tibor qaratishadi. Shuningdek, sizning auditoriyangizni ko’paytirishga yordam beradi.
Bu mijoz bilan oflayn aloqa deyarli mavjud bo’lmagan onlayn biznes uchun muhimdir.
Sovg’a qilish va uni sovg’a orqali mijozlarga, hamkorlarga, yetkazib beruvchilarga, xodimlarga minnatdorchilik bildirish bilan bog’lashning muhim sabablaridan biri.
Sovg’ani o’ylab topishning o’zi kifoya emas, balki u muvaffaqiyatli bo’lganiga va uni oluvchiga juda yoqqaniga ishonch hosil qilish ham kata ahamiyatga ega.
Muvaffaqiyatning asosiy ko’rsatkichi – bu haqiqat: oluvchi sovg’adan foydalanadimi yoki yo’qmi. Sovg’a o`sha vaqti kayfiyatni ko`targan bo`lishi mumkin, ammo keyin undan foydalanmasliklari ehtimoli bor. Bu ham yutuq.
Agar sovg’adan olingan his-tuyg’ular ijtimoiy tarmoqlarda baham ko’rilsa va sovg’a “oilaga” jo`natilgan yoki ofisda “tarqalgan” bo’lsa, bu ham sovg’aning muvaffaqiyatidir.
Biz muvaffaqiyatsiz sovg’ani tashlab yuborilgan sovg’a deb hisoblaymiz. Eng muvaffaqiyatsizi – hatto ochilmasdan tashlangani.
Biroq, agar sizning sovg’angiz qayta sovg’a qilinsa, tushkunlikka tushmang, chunki sovg`a undan xursand bo’ladigan egasini topdi.
Sovg’alar haqida o’ylash uchun eng yaxshi vaqt noyabr oyining oxiri deb hisoblaymiz. Agar gap korporativ brendli sovg’alar haqida bo`lsa, oktyabr oyidan boshlab ular haqida o’ylash yaxshiroqdir.
Buning bir qancha sabablari bor:
Oldindan buyurtma qilish orqali siz ko’plab imtiyozlarga ega bo’lasiz:
Esda qolarli va ajoyib sovg’alar individual yechimdir.
Sizni ishontirib aytamizki, har qanday buyum sovg’a bo’lishi mumkin. Buning uchun siz shunchaki ijodiy tavsif va kontekstni o’ylab topishingiz kerak.
Sovg’alar uchun g’oyalarni yaratish mexanikasi butun tizimdir. Keling, bir nechta oddiy usullarni ko’rib chiqaylik:
Qoidalarni buzing. Voqeani o’rab turgan barcha an’analar, qarashlar va stereotiplarni eslang. Masalan, Yangi yil – bu archa, qor bobo va boshqalar.
So`ngra, siz ushbu stereotipni qabul qilishingiz, uni teskarisiga o’zgartirishingiz va bu fikrni sovg’ada ishlatishingiz kerak.
Maqolalarning birida qiziqarli amaliyotga ko`zimiz tushdi. Ijodiy sovg’alar bilan shug`ullanadigan agentlik, kompaniyaning 15 yilligi uchun korporativ taqvim tuzdi, u 12 emas, balki 15 oydan iborat bo’lib, u yerda yil noyabr oyida boshlangan -ayni kompaniyaning yubileyi bo’lgan paytda.
8 mart arafasida ular kanselyariya do’konidan pastki qismi mavjud katta kraft sumkalar sotib olishdi. Unga oddiy lolalarni qadoqlab solishgan. Va paketlarga: “8-mart kuni qancha lola berish mumkin?” deb yozib qo’yishdi. Qiz paketni ochganida, ichida aynan lolalar va shunday yozuv bor edi: “Istagancha! Axir, bu juda yoqimli!” Shunday qilib, bu besh lola o’sha kuni lolalar dengizining qolgan qismidan ajralib turardi.
Vaziyatni qo`ldan chiqarmang. Tarmoqlarda doimo yangi narsalar sodir bo’ladi, yangi mavzular tug’iladi va yangiliklar paydo bo’ladi. Yangiliklar, voqealar va hatto tabiiy ofatlarni sovg’a sifatida qo`llash mumkin.
Taassurotlarning kontrasti sovg’a olgandagi emotsiyani sezilarli darajada oshiradi. Yaxshi misol – Rostelekomdan 23 fevralga korporativ sovg’alar. Ular “Hamma narsani nazorat ostida ushlab turing” yozuvi bo’lgan qutilar edi. Qabul qiluvchi qutini ochganida, u an’anaviy “erkaklar to’plami” – paypoq, soqol olish ko’pigi, galstuk, kundalik ko’radi. Ammo qutining ichi ikki qismdan iborat edi. Va uning orqasida haqiqiy sovg’a – radio-boshqaruvli vertolyot bor edi.
Bitta sovg’ada turli narsalarni birlashtiring. Ovqatlanadigan va yeyilmaydigan, kichik va katta, foydali va hissiy, jiddiy va kulgili, qimmat va byudjetli, qalb va biznes uchun. Qarama-qarshilik qanchalik kuchli bo’lsa, sovg’a shunchalik qiziqarli bo`ladi.
Tanish narsalarga yangi ma’no bering.
Xuddi shu agentlikning ajoyib namunasi – 8 mart kuni “O, qanday baxt!” to`plami. To’plamga likopcha, xokandoz va cho’tka kiradi. Va quti ichidagi xatchaga quyidagicha yozilgan edi: “Baxt yetishmaganida foydalaning.” Yaxshilik uchun idishlarni sindirish va darhol barcha siniq qismlarni olib tashlash mumkin edi. Xo`jalik bo’limidan olingan oddiy narsalar kabi ko’rinadi. Lekin ular unga yangi ma’no berdi va dizayn bilan mag`lub etdi.
Rang bilan birlashtiring. Sovg’a to’plamlarini tuzishning oddiy, ammo samarali usuli ularni kompaniyangizning korporativ rangida qilishdir. Narsalarning bir-biriga mos kelishi shart emas. Asosiysi, turli sohalardagi ko’p sonli narsalar: oziq-ovqat, shirinlik, kanselyariya, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalar.
Yaxshi matn, kontekstni o’ylab toping.
Ko’pincha oddiy sovg’aga yordam beradigan bu uslub uni ma’no bilan oshiradi. Sovg`ani afsona, masal, aforizm, real voqea bilan to`ldiring. Siz “Bilasizmi …” deb boshlanadigan, undan qanday foydalanish haqidagi qiziqarli ma’lumotlari bor matndan foydalanishingiz mumkin. Bunday ma’lumotlar yaxshi esda qoladi.
Biz hammamiz yaqinlashib kelayotgan bayram arafasida, hayajonli vaqtda sovg’a berishga odatlanganmiz. Biroq, sovg’alarni taqdim etish sanasini boshqalarnikidan ajratib turadigan tarzda o’zgartirish haqida kam odam o’ylaydi.
Bu ijodiy va g’ayrioddiy tarzda amalga oshirilishi mumkin. Misol uchun, bayramdan bir oy oldin “…dan OLDIN ochmang” belgisi bilan sovg’a bering. Yoki oldindan bayram tuyg’usini yaratadigan narsalarni bering. Masalan, Yevropada 1-dekabr kuni Rojdestvo arafasida beriladigan advent-taqvimi juda keng tarqalgan. Ular belgilangan kalendar kunida ochilishi kerak bo’lgan 24 ta kichik syurprizdan iborat.
Yoki aksincha, bayramdan keyin sovg’a berishingiz mumkin. Misol uchun, Yangi yil uchun sovg’alar bermasdan, Xitoy Yangi yili bilan tabriklang (yanvar oyining oxirida). Bu kutilmagan va yoqimli bo’ladi. Va siz uchun esa (beruvchi sifatida) – bu qulay. Siz yetkazib berish paytida Yangi yil tirbandligidan qochishingiz, boshqalardan ajralib turishingiz va shoshilmasdan sovg’a tanlashingiz mumkin.
Bugungi kunda to’plamlar dolzarbroq hisoblanadi. Hatto buni trend aylandi deb ham aytsa bo`ladi.
To’plamlarning afzalliklari nimada?
Ular turli xil narsalardan iborat bo’lganligi sababli, sovg’aning esda qolishi yoki foydali bo’lishi ehtimoli ko’proq. Bir dona sovg`a bilan “mo`ljalga urish” qiyinroq. Garchi ba’zida mono-sovg’alar yanada ajoyib bo’lsa-da.
To’plamda iste’mol qilinadigan va funksional, shaxsiy va biznes uchun, arzon va ahamiyatli narsa bo’lsa yaxshiroq. Sovg’aga munosabat ko’p qirrali bo’ladi, turli hislar ishtirok etadi.
Ommaviy korporativ sovg’alar haqida gap ketganda, ularni shaxsiylashtirish tavsiya etiladi. Misol uchun, paketdagi nomli stikerdan, ism yorlig’idan yoki oluvchining ismi yozilgan kartadan foydalanish.
Har bir inson sovg’a aynan u uchun ekanligini tushunishdan mamnun bo`ladi.
Gastronomik sovg’alar g’alaba qozonish varianti. Ularni uzoq burchakka tashlash yoki chetga surib qo’yish ehtimoli minimaldir. Nima berishni bilmayapsizmi – yaxshi ovqat bering.
Spirtli ichimliklar bilan bu qiyinroq, chunki bu tendensiya asta-sekin yo’qolib bormoqda.
Biroq, hatto spirtli ichimliklarni berish ham ma’no bilan amalga oshirilishi mumkin. Mana bir nechta misollar:
Qadoqlash zarur va muhim. Biror kishi sovg’ani ochganda, u qiziqish, kutish va sabrsizlikni boshdan kechiradi. Bu hissiy inklyuziya elementi.
Xaltalar va qutilar bilan chegaralanib qolmang. Qadoq qog’ozdan “tikilgan” , betondan yoki yog’ochdan yasalgan bo’lishi mumkin. Quti noodatiy tarzda ochilishi, qutining qopqog’i o’yin maydoni bo’lishi mumkin. Shirinliklarni kolbaga, futbolkani esa bankaga o’rasa bo`ladi. Siz ilgari ishlatmagan narsalardan qadoqlash uchun foydalaning.
Siz korporativ sovg’alarda foydalanishingiz mumkin bo’lgan “To’siq” texnikasi mavjud. Biror narsani olish uchun harakat qilishimiz kerak bo’lganda, maqsadning qiymati (bizning holatimizda sovg’a) keskin oshadi.
Sovg’alarda qanday ranglar yaxshi ish beradi?
Rang sabab, vaziyat va maqsadga mos kelishi kerak. Eng oddiy variant – ‘brendbook’dan korporativ gamma. Lekin sovg’alar kompaniyaning korporativ rangida bo’lishi shart emas. Bu Pantone tomonidan “Yil rangi”da bo’lishi mumkin. Masalan, 2020 yilda bu ko’k rang edi.
Yana bir trend – sovg’alarni oq-qora rangda bezash.
Bundan tashqari, har bir rang bizning idrok va kayfiyatimizga har xil ta’sir qiladi – bu rang terapiyasiga asoslanadi. Shuning uchun, agar sizga ishonishini istasangiz, ko’k rangdan foydalanish yaxshiroq. Agar energiya va quvonch bilan zaryadlashni istasangiz, yorqin sariq eng yaxshisidir. Agar siz kompaniya maqomi ajralib turishini istasangiz, oltin, kumush, kulrang, jigarrang va qora elementlardan iborat oqilona dizayndan foydalaning. Va hokazo.
Har qanday buyum ham ajoyib, ham yomon sovg’a bo’lishi mumkin. G‘oya, xabar va uning qadoqlanishiga tobora ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Logotip bilan “bezatilgan” rasmiy, ruhsiz va ma’nosiz sovg’alar o’tmishda qolmoqda.
Quyidagilarni sovg`a qilmang:
Sovg’a segmentidagi hozirgi tendensiyalar qanday
Asosiy tendensiyalar quyidagilar:
10.Qo’lda ishlangan sovg’alar.
P.S. Biz o’zimiz ham sovg’alar haqida uzoq vaqt o’yladik va ko’plab maqolalarni qayta-qayta o’qidik.