Sizda ajoyib mahsulotlar va yaxshi brend taniqliligi bormi? Ha bo’lsa, do’konda trafikni qanday oshirish haqida o’ylash vaqti keldi. Axir, hech kim ko’rmasa, biznes yoki brend foydasiz. Haqiqatdan, do’koningizdagi trafikni oshirish juda qiyin vazifa bo’lishi mumkin. Ammo to’g’ri strategiya bilan natijalarni juda tez ko’ra olasiz. Sizning butikingizga trafikni oshirishning ushbu to’qqizta usuli bunga erishishingizga yordam beradi.
Do’koningizdagi trafikni oshirishning eng yaxshi usullaridan biri bu tadbir o’tkazishdir. Moda namoyishi, boshqa doʻkon bilan hamkorlik yoki tanlov boʻladimi, tadbirlar odamlarni doʻkoningizga tashrif buyurishini ta`minlovchi ajoyib usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, tadbirlar do’koningiz uchun qulay PR yaratishning ajoyib yo`lidir. Agar siz tadbir o’tkazayotgan bo’lsangiz, olomondan ajralib turish uchun uni noyob qilishga harakat qiling. Misol uchun, agar sizda kitob do’koni bo`lsa, mashhur muallif bilan avtograflik sessiyasini o’tkazing. Agar sizda kiyim-kechak butikingiz bo’lsa, yangi kiyimlaringizni kiygan modellar bilan moda namoyishini o’tkazing. Agar texnika do’koningiz bo’lsa, noyob tanlovlar yordamida mahsulotlardan birini sovg’a qiling.
Ko’rib turganingizdek, buning uchun yangi do’konlar ochish yoki maxsus sanani kutish shart emas. Assortimentingizni yangilash yoki do’koningizni yaxshilash kifoya.
Trafikni oshirishning yana bir ajoyib usuli – hozirgi mijozlar. Agar sizda allaqachon mijozlar bo’lsa, ularni do’koningizga jalb qilishni boshlang. Misol uchun, siz ma’lum mahsulotlar uchun maxsus taklif yaratishingiz yoki katta aksiyani boshlashingiz va barchaga SMS yoki ijtimoiy media xabarnomalarini yuborishingiz mumkin. Shuningdek, siz bozorda yoki sayyohlik joylarida stend o’rnatadigan shop-turlarga qo’shilsangiz ham bo`ladi. Odamlar aksiyalarni yaxshi ko’radilar.
Kontekstli reklama (PPC) – qidiruv tizimida (masalan, Google, Yandex) yoki veb-saytda ko’rsatiladigan reklama. Ushbu e’lonning mazmuni sayt mavzusiga o’xshash bo’lishi yoki foydalanuvchi kiritgan kalit iboraga bog’liq bo’lishi mumkin.
PPC reklamasi do’koningizga trafikni jalb qilishning ajoyib usuli bo’lishi mumkin. Ayniqsa siz endigina ish boshlagan bo`lsangiz. PPC reklama yordamida siz do’koningizga tegishli kalit so’zlarni tanlashingiz mumkin. Hududingizdagi odamlarni jalb qilishga yordam beruvchi demografik maqsadlilikni ham tanlay olasiz. Siz do’koningiz bilan bog’liq maxsus kalit so’zlardan foydalanishingiz mumkin, masalan, “qulay poyabzal” yoki “qo`l mehnati bilan tayyorlangan taqinchoqlar”.
Shunday qilib, ushbu kalit so’zlarni qidirayotgan odamlar sizning reklamangizni ko’radi va ustiga bosishadi. Potensial mijozlar e’tiborini tortadigan jozibali reklama o`ylab topishga harakat qiling. Ular uchun jozibali sarlavhalar va rasmlar yarating. Reklamani yaratganingizdan so’ng, muvaffaqiyatingizni kuzatishingiz va kerak bo’lganda strategiyangizni o’zgartirishingiz mumkin. Agar reklamangiz yaxshi ishlamasa, natijalarni yaxshilash uchun matnni yoki maqsadni o’zgartirib ko’ring. Bu usul nafaqat onlayn-do’konda, balki oflayn do’konda ham trafikni oshirishga yordam beradi.
Boshqa brendlar bilan hamkorlik qilish do’koningizga ko’proq trafik jalb qilishning ajoyib usuli hisoblanadi. Misol uchun, agar sizda zargarlik do’koni va kiyim-kechak butikingiz bo’lsa, nega kiyim-kechak kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, ularning taqinchoqlarini sotmaysiz? Chegirmalarni taqdim etish yoki qo’shma tadbirlarni o’tkazish orqali ham hamkorlik qilishingiz mumkin. Yoki ijtimoiy tarmoqlarda o’zaro PRni taklif qilsangiz bo`ladi, bu esa sizning do’koningizga qo’shimcha trafik olib keladi.
Kuponlar hamkorlik qilish uchun yana bir ajoyib vositadir. Misol uchun, agar siz bolalar poyafzalini sotsangiz, o’yinchoq do’konlari orasida sizniki kabi maqsadli auditoriyaga sotadigan sheriklarni topsangiz bo`ladi. Siz kuponlar qilishingiz va ularni sherik do’kon mijozlariga tarqatishingiz mumkin. Shunday qilib, siz o’zingizga trafikni jalb qila olasiz va hamkor do’kon o’z mijozlariga qo’shimcha qiymat bera oladi.
Agar siz ko’p pul sarflamasdan do’koningizga trafikni jalb qilmoqchi bo’lsangiz, Facebook va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda reklama kampaniyasini yo`lga qo`yishga harakat qiling. Odamlarni mahsulotingizga qiziqtiradigan ko’zni qamashtiruvchi reklama yarating. Shuningdek, siz o’z reklamalaringizni qo`l mehnatiga qiziqadigan odamlar kabi muayyan guruhlarga yo’naltirishga urinib ko’ring. E’lonlaringiz sayt shartlarini buzmasligiga ishonch hosil qiling. Reklama e’lon qilingandan so’ng, muvaffaqiyatingizni kuzatishingiz va kerak bo’lganda strategiyangizni o’zgartirishingiz mumkin.
Agar sizning reklamangiz siz istagandek e`tibor jalb etmasa, reklamani qayta ko’rib chiqishingiz yoki uni boshqa odamlar guruhiga yo’naltirishga urinib ko’rishingiz yoki boshqa reklama formatidan foydalanishingiz lozim (Videolar, stories…)
Siz bu haqda o’ylamasligingiz mumkin, ammo elektron pochta va SMS hali ham mijozlarni xabardor qilish, trafikni oshirishning juda mashhur usuli hisoblanadi. Siz BILLZ kabi CRM tizimlaridan foydalangan holda mijozlar bazasiga o’rnatgan mavjud mijozlaringizga SMS yoki elektron pochta xabarlarini yuborishdan boshlashingiz mumkin. Mahalliy jurnallarda reklama qilib ko’rsangiz ham bo`ladi. Mijozlaringizga xat va SMS yuborayotganda, xatni boshqalaridan ajralib turishiga harakat qiling. Buni ularning ismlaridan foydalanish yoki ijodiy yondashuv orqali amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, xatga kupon yoki individual chegirma (masalan, tug’ilgan kun uchun) qo’shishingiz mumkin. Agar siz pochta jurnallarida reklama qilmoqchi bo’lsangiz, maqsadli auditoriya va uni qanchalik jalb qilishi haqida ko’proq bilish uchun jurnal vakili bilan gaplashing.
Pulli trafikni oshirishga tayyor bo’lganingizda, yuqori trafikli saytlarda pullik reklama qilishni sinab ko’ring, masalan: Yangiliklar saytlari, e’lonlar saytlari, bloglar… Siz o’zingizning banner joyingizni har hafta sotib olishingiz yoki uni o’rnatishingiz mumkin – agar sizda onlayn-do’kon bo’lsa, bu juda muhimdir. Ammo bu yerda to’xtab qolmaslik kerak.
Agar reklama unumdorligi past bo’lsa, bannerni o’zgartirishga harakat qiling yoki boshqa saytlardagi joylarni sotib oling, chunki siz o’z auditoriyangizni qayerdan topish mumkinligini har doim ham bilmaysiz.
Agar siz do’koningizdagi trafikni oshirmoqchi bo’lsangiz, Instagram–influencerni topishga harakat qilib ko`ring. Influencer va Bloggerlar ijtimoiy tarmoqlarda ko’plab kuzatuvchilarga ega bo’lgan va ko’pincha brendlar bilan bepul hamkorlik qiladigan odamlardir. Agar siz bilan hamkorlik qilmoqchi bo’lgan influencerni topsangiz, u sizning mahsulotingiz tasvirini o’z sahifasiga joylashtirishi mumkin. Shuningdek, ular sizning do’koningizni postga belgilashadi, bu esa do’koningizdagi trafikni oshirish imkoniyatini beradi. Influencerlarni topish uchun Traackr, Instagram Discovery yoki Grapevine kabi ilovalardan foydalanishingiz mumkin.
Birinchi usuldagi sovg’alarga qo’shimcha ravishda, trafikni oshirish uchun onlayn sovg’alarni sinab ko’ring. Odamlar bepul narsalarni yaxshi ko’radilar, shuning uchun aksiyalarni o’tkazish orqali siz do’koningizga ko’proq tashrif buyuruvchilarni jalb qila olasiz. Sovg`alarni ijtimoiy tarmoqlarda yoki veb-saytingizda tarqatishni tashkil qiling. Shuningdek, qoʻshma sovgʻa yaratish uchun boshqa brendlar bilan hamkorlik qilib koʻring. Sovg’ani tashkil qilishda ijtimoiy tarmoq qoidalariga rioya qilganingizga ishonch hosil qilish muhimdir. Misol uchun, Facebookda siz moliyaviy kompensatsiya taklif qila olmaysiz. Instagramda siz har bir kishiga faqat bitta narsani berishingiz mumkin.
Ajoyib mahsulotlar, taniqli brend va yaxshi mijozlarga xizmat ko’rsatish do’koningizdagi trafikni oshirishga harakat qilayotganingizda muhim ahamiyatga ega. To’g’ri strategiya bilan siz natijalarni juda tez ko’rishingiz kerak. Butikingizdagi trafikni oshirishning to’qqizta usulini sinab ko’ring.
Do’koningizga ko’proq mijozlarni jalb qilish va trafikni oshirishning ko’plab usullari mavjud, tadbirlarni o’tkazishdan tortib reklama kampaniyasini yaratishgacha. Ammo shuni yodda tutingki, nafaqat imkon qadar ko’proq odamlarni jalb qilish, balki tashrif buyuruvchilarga yuqori sifatli servis va xizmatni taklif qilish ham muhim, shunda mijozlar sizning 10-reklama manbangizga aylanadi, chunki sizning brendingiz haqida gapiriladi va boshqalarga tavsiya etiladi. .